Özbekiston xalqaro aloqalarni mustahkamlab, hamkorlik uçun yangi imkoniyatlar oçmoqda
ÖzA “Özbekistonning taşqi diplomatiyasi” ruknida öquvçilarni mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan xalqaro aloqalarni mustahkamlaş, milliy iqtisodiy manfaatlarni ilgari suriş, eksport imkoniyatlarini kengaytiriş hamda fuqarolar huquqlarini himoya qilişga qaratilgan faoliyat bilan taniştirişda davom etadi. Navbatdagi taşabbuslar xorijiy hamkorlar bilan aloqalarning bir neçta yönalişini — taʼlim sohasidagi almaşinuvlar va mehnat mobilligini rivojlantirişdan tortib, mahalliy mahsulotlarni ilgari suriş hamda sayyohlarni jalb etişgaça bölgan sohalarni qamrab oladi.
AQŞ. Vaşingtonda Özbekiston Boş konsuli Ahror Burxonov “Foundation for International Understanding Through Students” (FIUTS) taşkiloti ijroçi direktori Aleks Radi bilan uçraşuv ötkazdi. Asosiy eʼtibor yoşlar örtasidagi aloqalarni rivojlantiriş, özbekistonlik maktab öquvçilari va talabalar uçun qisqa muddatli taʼlim dasturlari hamda tanişuv safarlarini taşkil etişga qaratildi. Muzokaralar yakunida yetakçi universitetlar, ilmiy laboratoriyalar va yirik texnologik kompaniyalar, jumladan, “Microsoft” va “Amazon”ga taşriflarni öz içiga olgan maxsus dasturlarni işlab çiqiş taklif etildi. Maktab öquvçilari uçun bunday sayohatlar Amerika taʼlim tizimi bilan yaqindan tanişiş, kasb tanlaş va yetakçilik fazilatlarini rivojlantiriş, talabalar uçun esa texnologiya, muhandislik va tadbirkorlik sohasidagi bilimlarini kengaytiriş uçun ajoyib imkoniyat bölişi mumkin. Şuningdek, AQŞ Davlat departamenti tomonidan qöllab-quvvatlanadigan xalqaro almaşinuv dasturlarida Özbekiston yoşlarining iştirokini kengaytiriş istiqbollari muhokama qilindi.

Şvetsiya. Ikki tomonlama hamkorlikning muhim yönalişlaridan biri mehnat migratsiyasini rivojlantiriş va kasbiy tayyorgarlikni yölga qöyiş bölib qolmoqda. Migratsiya agentligi direktori Muhsinxöja Abdurahmonov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasining amaliy taşrifi doirasida Şvetsiya Migratsiya agentligi va Oliy kasbiy taʼlim milliy agentligi vakillari bilan muzokaralar ötkazildi. Toşkent şahrida 2026-yil 10-iyunda imzolangan va 1-noyabrdan kuçga kirgan Migratsiya va mobillik sohasida keng qamrovli şeriklik töğrisidagi bitimni amalda tatbiq etiş masalalari diqqat markazida böldi. Tomonlar fuqarolarimiz uçun işlaş ruxsatnomalarini rasmiylaştiriş tartibi, kasbiy malakalarni özaro tan oliş va qöşma taʼlim dasturlarini işlab çiqiş masalalarini muhokama qildi. Şvetsiya mehnat bozori talablariga muvofiq mutaxassislar tayyorlaşga alohida ahamiyat qaratilmoqda, bu esa mamlakatimiz fuqarolari uçun qonuniy işga joylaşiş va kasbiy jihatdan yuksaliş borasida qöşimça imkoniyatlar yaratadi.

Rossiya. Özbekistonning Vladivostokdagi Boş konsuli Hojiakbar Vahobovning şahar dumasi raisi Andrey Brik bilan bölib ötgan uçraşuvida savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş va vatandoşlarni qöllab-quvvatlaş masalasi asosiy mavzulardan böldi. Muzokaralar davomida Primore ölkasiga mahsulotlarimizni yetkazib beriş hajmini oşiriş, Vladivostok şahrida Özbekiston savdo uyini oçiş, milliy mahsulotlar yarmarkalari, biznes-missiyalar va işbilarmonlar forumini ötkaziş istiqbollari körib çiqildi. Şuningdek, mehmonlar mamlakatimizdagi iqtisodiy islohotlar, taşqi savdoning rivojlanişi va xorijiy investorlar uçun qulay şaroitlar yaratiş borasida körilayotgan çora-tadbirlar haqida maʼlumot berdi. Iqtisodiy kun tartibi bilan bir qatorda, tomonlar mazkur mintaqada istiqomat qilayotgan vatandoşlarimizning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, ularga konsullik-huquqiy yordam körsatiş hamda mehnat migratsiyasining dolzarb masalalarini hal etişga ham eʼtibor qaratdilar.

Yaponiya. Mamlakatimiz elçixonasi diplomatlarining “Nankai Travel International” kompaniyasi prezidenti Yasuxito Kiyoxara bilan muzokaralaridan Özbekistonning sayyohlik salohiyatini keng tarğib qiliş va xorijiy sayyohlar uçun yangi yönalişlarni şakllantiriş masalalari örin oldi. Yaponiya kiçik va örta biznes vakillarining mamlakatimizga qiziqişi ortib borayotganini qayd etildi. Xususan, 2024-yilda mazkur kompaniya Osaka şahridagi öndan ortiq tadbirkor uçun mamlakatimizga amaliy safar taşkil etgan edi.
Navbatdagi uçraşuvda yakka tartibdagi sayohatlar va taʼlim turizmiga möljallangan sayyohlik takliflarini işlab çiqiş masalalari muhokama qilindi. Yaponiyaning Nara şahri aholisi örtasida yurtimizning sayyohlik imkoniyatlarini keng tarğib qilişga alohida eʼtibor qaratildi. 2027-yilda Samarqand va Nara şaharlari örtasida birodarlik aloqalari örnatilganiga beş yil tölişi munosabati bilan maxsus turistik paketlar tayyorlaş va sayyohlik imkoniyatlari taqdimotini ötkaziş böyiça kelişuvga erişildi.
Aziza Alimova, ÖzA