O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida yuk tashish hajmi rekord darajaga yetdi
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi yuk tashish hajmi 2025-yilda rekord darajadagi 32,3 million tonnaga yetdi, bu 2024-yilga nisbatan 16 foizo‘sdi va so‘nggi 10 yildagi eng yaxshi natijadir.
Bu haqda “QTJ” MK boshqaruvi raisi Talgat Aldibergenov va “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Zufar Narzullayevning “Maqtaarol” stansiyasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvida ma’lum qilindi. Uchrashuvda yuk tashish natijalari va chegara temir yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilingan.
Ta’kidlanishicha, Qozog‘iston eksporti 13 million tonnani (8,5 foizga o‘sish) tashkil etgan bo‘lsa, O‘zbekistonga don yetkazib berish hajmi 32 foiz yuqorilab, 4,5 million tonnadan oshdi. Bu ijobiy tendensiya 2026-yilda ham davom etmoqda. Dastlabki ikki oyda jo‘natmalar 6,6 million tonnani tashkil etdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 37,5 foizo‘sishni anglatadi.
Muzokaralar chog‘ida “Maqtaarol-Sirdaryo” davlatlararo o‘tish yo‘nalishiga chiqadigan “Darboza-Maqtaoral” yangi yo‘nalishini qurish, shuningdek, infratuzilmani modernizatsiya qilish, jumladan, zamonaviy avtomatik blokirovkalash va markazlashtirilgan aloqa tizimlarini joriy etish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar o‘zaro munosabatlar holatini yuqori baholab, mintaqaning tranzit salohiyatini mustahkamlash uchun yaqin muloqotni davom ettirish niyatini tasdiqladilar.
G.Sattorova, O‘zA