Özbekiston va Qatar: savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalar kengaytiriladi
Özbekiston va Qatar parlamentlararo hamkorlik guruhlari örtasida onlayn şaklda uçraşuv bölib ötdi.
Unda davlatlar örtasidagi strategik şeriklik munosabatlarini mustahkamlaş, parlamentlararo aloqalarni yangi bosqiçga olib çiqiş masalalari hamda hamkorlikning ustuvor yönalişlari muhokama qilindi.
Parlamentlararo aloqalarni rivojlantirişning huquqiy asoslariga ham eʼtibor qaratildi. Xususan, 2025-yil aprel oyida Qatar Şöro kengaşi Spikeri Hasan bin Abdulloh al-Ğonim boşçiligidagi delegatsiyaning Özbekistonga taşrifi davomida ikki mamlakat parlamentlari örtasidagi hamkorlik memorandumi imzolangani bu boradagi muhim qadamlardan biri sifatida qayd etildi.
Parlamentlararo hamkorlik guruhlari faoliyatini tizimli yölga qöyiş, muntazam uçraşuvlar ötkaziş, parlament aʼzolarining özaro taşriflarini taşkil etiş hamda erişilgan kelişuvlar ijrosini taʼminlaş masalalari körib çiqildi.

Yoş parlament aʼzolari örtasida tajriba almaşiş dasturlarini rivojlantiriş, ularning xalqaro parlament tadbirlaridagi iştirokini kengaytiriş, Osiyo Parlament assambleyasi doirasidagi hamkorlikni faollaştiriş yuzasidan fikr almaşildi.
Muloqotda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni kengaytiriş masalalari ham muhokama qilindi. Energetika, sanoat, transport va logistika, qişloq xöjaligi, turizm, taʼlim hamda madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni rivojlantiriş uçun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalaniş muhimligi taʼkidlandi.
N.Abduraimova,
ÖzA