O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida 2025 yil 8 oktyabrga belgilangan hukumatlararo maslahatlashuvga tayyorgarlik doirasida Germaniya Federativ Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar kun tartibini muhokama qilib, jarayonga tegishli vazirlik va idoralarni faol jalb etish zarurligini ta’kidladilar. Shuningdek, sog‘liqni saqlash, ta’lim, shaharsozlik va iqlim sohalaridagi sheriklik masalalarini ko‘rib chiqdilar. Jami 152 million yevrolik loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha bitim imzolashga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu hujjatda tegishli grant ajratilishi ham belgilanadi.

Uchrashuv ishtirokchilari barqaror rivojlanish, zamonaviy texnologiyani joriy etish va sarmoyaviy hamkorlik ko‘lamini kengaytirishga qaratilgan yangi tashabbuslar ahamiyatini ham qayd etdilar. Bo‘lajak maslahatlashuv strategik hamkorlikni mustahkamlash va qo‘shma loyihalar amalga oshirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lishi kutilyapti.

M.Pirmatova, O‘zA

Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Germaniya hamkorligi kengaymoqda