O‘zbekiston va Daniya TIV o‘rtasida siyosiy maslahatlashuv yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston va Daniya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuv to‘g‘risida Anglashuv memorandumi imzolandi.
Bu haqda mamlakatimiz tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ma’lum qildi. Qayd etilishicha, hujjat ikki davlat tashqi siyosat idoralari o‘rtasida muntazam siyosiy muloqot olib borish, dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish va o‘zaro manfaatli hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qilish uchun institutsional asos yaratadi.
– Ishonchimiz komilki, ushbu tashrif o‘zaro hamkorlikni yangi tashabbus va aniq amaliy natijalar bilan boyitishga xizmat qiladi, – dedi B.Saidov.
D.Hakimov, O‘zA