O‘zbekiston va Buyuk Britaniya: huquqni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik samarali kechmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi missiyasi rahbari o‘rinbosari Jeyms Rod-Mur tashrif buyurdi.
Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqova bilan uchrashuvda tomonlar Bosh prokuraturaning Buyuk Britaniyaning vakolatli organlari bilan huquqiy sohadagi hamkorligining joriy holati, shuningdek, uni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Elchi o‘rinbosari O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasida huquqni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlikni yuqori baholadi.
O‘z navbatida, O‘zbekiston tomoni ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, shu jumladan, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish yo‘nalishida qator takliflarni ilgari surdi.

Uchrashuv o‘zaro manfaatli va samarali ruhda o‘tdi. Tomonlar huquqiy sohadagi ikki tomonlama hamkorlikning kelgusidagi muvaffaqiyatiga ishonch bildirdi.
N.Abduraimova, O‘zA