O‘zbekiston va Belarusning yangi qo‘shma loyihalari
O‘zbekiston va Belarus farmatsevtika va yengil sanoat sohasida qo‘shma loyihalarni ilgari surmoqda. Bu haqda mazkur mamlakatning Toshkentdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Leonid Marinich “STV” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
– Paxta tolasi va toladan mahsulot tayyorlash bo‘yicha Smorgonda integratsiyalashgan majmua tashkil etishga doir biznes loyihani birgalikda amalga oshirmoqdamiz, – deydi Elchi Marinich. – Bu O‘zbekistondan keltirilgan xom ashyodan Belarusda tayyor mahsulot ishlab chiqaradigan ilk korxona bo‘lib, nafaqat mahalliy, balki qo‘shni davlatlar, asosan Rossiya bozorini ham qamrab oladi. Farmatsevtika yo‘nalishida esa probiotik tayyorlaydigan korxona barpo etyapmiz. O‘zaro savdo faol rivojlanmoqda. O‘zbekistonda Belarus sut mahsulotlariga talab yuqori. E’tiborlisi, non va nonli kvasga ehtiyoj kun sayin oshyapti. Mahalliy bozor biz uchun ochiq. Xalqaro maydonda O‘zbekiston Belarusni qo‘llayotgani ham quvonarli. Umuman, O‘zbekiston bilan hamkorlik juda samarali kechyapti.
O‘zA