O‘zbekiston qaysi terma jamoalar bilan o‘ynaydi?
27-31-mart kunlari FIFA kunlari doirasida poytaxtimizda FIFA Series turniri o‘tkaziladi. Unda bir qator uchrashuvlar o‘tkaziladi.
Unda Fabio Kannavaro qo‘l ostidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Venesuela, Gabon hamda Trinidad va Tobago milliy terma jamoalari bilan bellashadi.
Uchrashuvlar "Paxtakor" va "Bunyodkor" stadionlarida bo‘lib o‘tadi.

Quyida mazkur musobaqa doirasida bo‘lib o‘tadigan o‘yinlar bilan tanishasiz:
27-mart
Venesuela – Trinidad va Tobago
"Paxtakor" stadioni. 15:00
O‘zbekiston – Gabon
"Bunyodkor" stadioni. 19:00
30-mart
Gabon – Trinidad va Tobago
"Paxtakor" stadioni. 15:00
O‘zbekiston – Venesuela
"Bunyodkor" stadioni. 19:00
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA