O‘zbekiston Qahramoniga esdalik nishoni topshirildi
O‘zbekiston Qahramoni, Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi «Nurli obod» fermer xo‘jaligi rahbari Lolaxon Murodova yurtimizning fidoyi ayollaridan biridir. Zero, u qishloq xo‘jaligi sohasidagi qirq besh yillik faoliyati davomida juda katta hayotiy va ilmiy tajribaga ega mutaxassis sifatida paxtachilik va g‘allachilik sohasida ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritib kelmoqda.
Oltiariq tumani hokimi Xolmirza Niyozov hamda bir guruh faollar Lolaxon Murodovani fermer xo‘jaligida bo‘lib, mustaqilligimizning o‘ttiz yillik bayrami bilan tabriklashdi.

Lolaxon Murodova suhbat davomida mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlar, dehqon va fermer xo‘jaliklariga yaratilgan sharoitlar to‘g‘risida aytib, bugungi kunlarga yetib kelish oson bo‘lmaganligini ta’kidladi.


Tuman hokimi Lolaxon Murodovaga "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishonini topshirdi.
M. Sulaymonov, O‘zA