O‘zbekiston Qahramoni: “Munosib nomzodga ovoz berdim”
Buxoro tumani Rabotiqalmoq mahalla fuqarolar yig‘ini erta tongdanoq saylovchilar bilan gavjum. Mazkur mahallada joylashgan 135- saylov uchastkasida Prezident saylovi yuqori saviyada davom etmoqda. Mazkur uchastka hududida ro‘yxatda turgan saylovchilar o‘zlari xohlagan nomzodga ovoz bermoqda.
–Bugun siyosiy irodamni namoyish qildim, – deydi “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni sohibi Muhammad Ahmedov. – O‘zim munosib deb hisoblagan nomzodga ovoz berdim. Mamlakatimiz kelajagiga befarq emasligimni amalda isbotladim. Bundan juda xursandman.


Uchastkada saylovni yuqori saviyada o‘tkazish, saylovchilarning emin-erkin ovoz berishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Kelgan saylovchilarga ro‘yxat asosida saylov byulletenlari berilmoqda. Shuningdek, siyosiy partiyalar, xalqaro kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillarining saylov jarayonini kuzatishlari uchun zarur barcha shart-sharoitlar bor. Bundan tashqari, shifokorlar navbatchiligida tibbiy punkt faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Zarif Komilov, O‘zA