O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga keldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan Ostona shahriga keldi.
Poytaxt aeroportida davlatimiz rahbarini Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston yetakchisi 22-aprel kuni Mintaqaviy ekologik sammit va Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlari kengashining yig‘ilishida ishtirok etadi.





