O‘zbekiston o‘zgarishlarga tez moslashmoqda va jadal rivojlanmoqda
Ushbu fikrni bugun Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan “O‘zbekiston - Koreya: kelajakka nazar” ekspertlar forumi doirasida Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi vakili Kuk Chan Xyon bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, islohotchi Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi izchil sa’y-harakatlar O‘zbekiston-Koreya hamkorligi turli sohalarda, jumladan, raqamli iqtisodiyotda ham mustahkamlanishiga qo‘shimcha sur’at berishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, mazkur anjuman O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabat o‘rnatilganining 30 yilligi doirasidagi qo‘shma tadbirlar dasturiga muvofiq o‘tkazilmoqda.
Forumda ikki mamlakatning 25 dan ziyod yetakchi ekspertlari, tahlil markazlari rahbarlari, ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari vakillari jam bo‘lgan.
O‘zA