O‘zbekiston Ochiq ma’lumotlar reytingida yuqoriladi
O‘zbekiston "Open Data Inventory" (ODIN) Ochiq ma’lumotlar reytingida 63 ball yig‘ib, jahon bo‘yicha 44-o‘rinni, Markaziy Osiyoda esa 1-o‘rinni egalladi.
Malumot o‘rnida "Open Data Watch" – ochiq ma’lumotlar va rasmiy statistika asosida faoliyat olib boruvchi xalqaro notijorat tashkilot hisoblanadi.
"The Open Data Inventory (ODIN)" reytingi esa mamlakatning statistik takliflari qanchalik to‘liqligini va ulardagi ma’lumotlar xalqaro ochiqlik standartiga mos kelishini baholaydi.
Reytingning yilgi natijalarida birinchi o‘rnni Singapur egallagan. Keyingi pog‘onalarni esa Polsha, Finlyandiya band etgan.