O‘zbekiston ma’rifatli o‘tmishga mos kelajakka yo‘l ochmoqda!
15-18 dekabr kunlari Toshkentda O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirishga bag‘ishlangan xalqarokongressbo‘libo‘tdi. Dunyoning 40 mamlakatidan 300 ga yaqin olim, mutaxassis va ekspert qatnashgan mazkur tadbir nafaqat mahalliy, balki ko‘plab nufuzli xorijiy ommaviy axborot vositalarining ham e’tiboriga tushdi.
Avvaliga Turkiya, Rossiya kabi davlatlar ushbu ilmiy tadbirdan maxsus reportaj taqdim etgan bo‘lsa, keyinroq “Euronews” saytida anjumanga doir katta material e’lon qilindi. "O‘zbekiston o‘zining ma’rifatli o‘tmishiga mos kelajakka yo‘l ochmoqda" sarlavhasi ostida e’lon qilingan ushbu maqolada yurtimiz madaniy merosining xilma xilligi va muhim ahamiyati qayd etilib, dunyo sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasiga yuqori baho berilgan.
Yuzlab dunyoga mashhur olimlarni jalb qilgan xalqaro loyihaning uzoq muddatli rejasi doirasida O‘zbekiston butun dunyo bo‘ylab o‘z milliy tarixiga oidbadiiy-adabiy asarlarni izlamoqda. Shu hafta boshida Toshkentda mahalliy va xorijiy olimlar, muzey mutasaddilari va restavratorlari ishtirokida o‘tkazilgan anjumanda to‘rt yillik yo‘l xaritasi belgilab olindi.Pirovardida mamlakatning uzoq o‘tmishini yangidan kashf etish va hujjatlashtirish uchun yer yuzining turli joylarida 90 ta alohida loyihaga 1500 ga yaqin olim jalb qilinishi rejalashtirilgan.
Uch ming yillik tarixga ega, hozir O‘zbekiston, deya ataladigan hudud fotihlar, savdogarlar, ko‘chib kelib o‘rnashgan aholi - forslar, Chingizxon mo‘g‘ullari, turkiy xalqlar, Iskandar Zulqarnayn ellinlari, arab musulmonlari va Rossiya imperiyasi ra’iyati o‘tkinchi to‘lqinlariga guvoh bo‘lgan chorrahadir. Shu bilan birga ularning bari - bu zaminda kimdir me’morchilik, kimdir ilm-fan, yana boshqasi esa adabiyot va san’at sohasida o‘ziga xos iz qoldirdi. Masalan, g‘arbda Avitsenna nomi bilan tanilgan, Islomning oltin asriga doxil taniqli mutafakkir, yozuvchi, Allohning nazari tushgan shifokor, tibbiyotning otasi hisoblanadigan Ibn Sino shu diyorda yashab, faoliyat yuritgan. Muhammad ibn Muso Al-Xorazmiy matematika, astronomiya va geografiya sohalarida jahon ilm-fanining umumiy yo‘nalishiga ulkan ta’sir ko‘rsatgan ilmiy ishlar yaratgan. Temuriylar sulolasining Buyuk hukmdori, Ulug‘bek nomi bilan mashhur bo‘lgan Mirzo Muhammad Tarag‘ay bin Shohruh ham o‘zini dunyoda tengsiz, eng nufuzli astronom va matematik sifatida namoyon etgan.
Taqdir taqozosi bilan shunday boy meros namunalari - ko‘plab qimmatbaho asarlar dunyo bo‘ylab tarqalib, turli davlatlarga o‘tib ketgan yoki xususiy jamlanma (kolleksiya)largaborib qolgan. Shu sababli 2016 yil, lavozimiga kirishganidan ko‘p o‘tmay, Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu artefaktlarni topish, ob’ektlarning aniq nusxalarini olish va faksimile shaklida yurtga, O‘zbekistonga qaytarish to‘g‘risida farmon chiqardi.
Natijada mahalliy va xorijiy olimlar butun dunyo bo‘ylab artefaktlarni qidirishga kirishdi, bunday mutaxassislar safi doimiy ravishda kengayib bormoqda.
2017 yili Toshkent va Samarqandda bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyada O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyatini tuzish to‘g‘risida rasmiy qaror qabul qilindi. Butunjahon jamiyati asl qo‘lyozmalarni saqlaydigan xalqaro muzey va kutubxonalar bilan hamkorlik ko‘prigini o‘rnatish yo‘lida ish boshladi.

Dastlabki topilmalardan biri - Katta Langardan olingan Qur’on ro‘yxatini olimlar Islom muqaddas kitobining qo‘lda yozilgan nusxalaridan biri sifatida e’tirof etdi.
"Biz topgan hujjatlarning har biri butun bir tarixni, aksariyat hollarda esa biror-bir sirni ham o‘z ichiga olgan, - deydi "O‘zbekkino" Milliy agentligirahbari, O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati raisi Firdavs Abduholiqov . –shu ma’noda katta Langardan topilgan Qur’on hamo‘ziga xos jumboqlarni ochadi.
Hozirgi Saudiya Arabistoni hududida buyuk jahongir Amir Temur tomonidan topilgan qo‘lyozma dastlab Samarqandga olib kelingan va Islomning tasavvuf yo‘nalishi - so‘fiylik tarixining bir bo‘lagiga aylangan.
Qo‘lyozmaning bir qismi qo‘ldan qo‘lga o‘tib ketgan.Masalan, 81 sahifasi Rossiyadagi Sankt-Peterburg Sharq qo‘lyozmalari institutida ekani aniqlandi,o‘n ikki sahifasi esa Toshkentdagi O‘zbekiston musulmonlari diniy idorasida. Yana bir qismimamlakatning boshqa joylaridan chiqdi.Jumladan, sufiylar tomonidan berkitib qo‘yilgan kitobning yetishmayotgan ba’zi sahifalari tog‘ bag‘rida joylashgan mo‘’jazgina Katta Langar qishlog‘idan topildi. Afsuski, hali jamiyat a’zolari tomonidan to‘plangan sahifalar yuztaga ham yetgani yo‘q.
2018 yili ushbu qo‘lyozma yuz nusxada chop etilib, dunyo muzey va kutubxonalariga tarqatildi. Bir nusxasini O‘zbekiston Prezidenti ushbu bebaho merosning vatani - Saudiya Arabistoniga yetkazib berish haqida farmoyish chiqardi.Qo‘lyozma nusxasi Qirol Salmon bin Abdul Aziz ol-Saudga rasmiy ravishda taqdim etildi.
bugungi kunga kelib 35 ta kitob-albom, shu jumladan turli mamlakatlardan topilgan va ehtiyotkorlik bilan nusxalari olingan mashhur qo‘lyozmalar faksimilelari nashr etildi. Endilikda butun respublika bo‘ylab kutubxona va muzeylarda nodir ashyolar ko‘payib bormoqda.
Mazkur qo‘lyozmalardan o‘rin olgan hikoyalarning ko‘pchiligida XIV asrning afsonaviy hukmdori Amir Temur alohida o‘rin tutadi. G‘arbda Tamerlan nomi bilan tanilgan Samarqand hukmdori zafarli yurishlari va g‘alabalari bilan butun dunyoni lol qilgan.Uning shaxsiyatini o‘z asarlarida aks ettirgan Kristofer Marlou va Edgar Allan Po singari g‘arb yozuvchilariga ilhom bergan.Bastakor Georg Fridrix Xandel esa Sohibqironga bag‘ishlab uch bo‘limdan iborat "Tamerlan" operasini yaratgan.
Amir Temur buyuk sarkarda sifatida tarixda qoldi. Qolaversa, uning jang maydonidagi muvaffaqiyati o‘sha davr yuzlab ziyolilari - rassom, olim va yozuvchilarini Samarqandga chorladi. Ular XIV asr oxiri, XV asr va XVI asr boshlarini qamrab olgan, G‘arbiy Yevropa gullab-yashnagan Uyg‘onish davri bilan bir vaqtda kechgan Temuriylar uyg‘onish davri taraqqiyotiga bebaho hissa qo‘shgan.

O‘zbekistonda o‘zbek ziyolilari adabiy merosi tiklanishi mamlakatning yangidan tiklanishiga hissa qo‘shadi, degan qat’iy ishonch bor.
- O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning g‘oyasi shuki, qadimda gullab-yashnagan ma’rifat, diniy bag‘rikenglik va insonparvarlik muhiti yangi intellektual energiya, ochiqlik va taraqqiyotning yangi davrini yuzaga keltirdi”, - deydi jamiyat raisi F.Abduxoliqov. - Biz o‘z tariximizni butun dunyodan topib o‘rganamiz".
Ta’kidlanishicha, Londondagi Britaniya kutubxonasida saqlanayotgan Temur hukmronligiga oid biografik asar-fors tarixchisi Sharofiddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma"si Sohibqiron nabirasi Ibrohim Sulton buyrug‘i bilan yozilgan bo‘lib, mashhur vatandosh rassomlar tomonidan miniatyuralar bilan chiroyli bezatilgan.
Ilmiy tashkilotning Toshkentda bo‘lib o‘tganyillik konferensiyasida Butunjahon jamiyati tomonidan Chexiya, Hindiston, AQSH, Kanada, Italiya, Turkiya, Polsha, Buyuk Britaniya va Yaponiya muzeylarida, shuningdek, O‘zbekiston tarixi Davlat muzeyida hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlangan asl nusxalarning hashamatli bezatilgan reproduksiyalari taqdim etildi. Nashrlar respublika ilmiy-ta’lim muassasalariga bepul tarqatildi.
O‘zA