O‘zbekiston ilk bor Xalqaro kimyo olimpiadasiga mezbonlik qiladi
Markaziy Osiyo tarixida ilk bor nufuzli 58 Xalqaro kimyo olimpiadasi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi. Mazkur xalqaro ilmiy musobaqa 2026-yil 10 – 19-iyul kunlari Toshkent shahrida tashkil etiladi.
Ushbu nufuzli tadbir dunyoning 90 dan ortiq mamlakatidan eng iqtidorli o‘quvchilarni bir maydonga jamlaydi. Ishtirokchilar nazariy va amaliy bilimlari, mantiqiy tafakkuri hamda ilmiy salohiyati bo‘yicha o‘zaro bellashadi.
58 Xalqaro kimyo olimpiadasining O‘zbekistonda o‘tkazilishi mamlakatimizning xalqaro ilmiy nufuzini yanada oshirish, yosh iqtidorlarni qo‘llab-quvvatlash va ilm-fan sohasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi muhim voqea bo‘ladi.
M.Hojiakbarova, O‘zA