O‘zbekiston - Belarus temir yo‘l qatnovi yo‘lga qo‘yildi (+video)
O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida ilk bor temir yo‘l qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
Vitebsk viloyati Orsha shahridan yo‘lga chiqqan 51 shartli vagondan iborat yuk tarkibi yurtimizga yog‘ochni qayta ishlash sanoati mahsulotlari, shakar, oziq-ovqat va omuxta yem kabi zarur tovarlar olib keldi. O‘zaro logistika jarayoni samarali tashkil etilishi natijasida yangi yo‘nalish orqali yukni yetkazish muddati bir necha kun qisqardi.
[gallery-30719]
Mutasaddilar ta’kidlashicha, ushbu yo‘lak nafaqat tashuvni tezlashtiradi, balki ikki mamlakat tadbirkorlari uchun ham yangi imkoniyat ochadi. Kelgusida qatnovni oyiga ikki marta amalga oshirish, yuk hajmi ortishiga qarab reys sonini ko‘paytirib borish rejalashtirilgan.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/SbDCoP1wRRc" title="O‘zbekiston - Belarus yuk temir yo‘l qatnovi yo‘lga qo‘yildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Dilshod Hakimov,
Doniyor Yoqubov (video),
Farhod Abdurasulov (surat),
O‘zA