Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati xabar berdi. Unda aytilishicha, joriy yilning 17 avgust kuni Qobul shahrida O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev Afg‘oniston Bosh vazirining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Mulla Abdul G‘ani Barodar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda ikki tomonning yoqilg‘i-energetika kompaniyalari rahbariyati va mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Unda qayd etilganidek, joriy yilning 3 iyul kuni Ozarbayjon Respublikasining Xonkendi shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Mulla Abdul G‘ani Barodar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muloqot alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini kengaytirish, o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish va qo‘shma tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgani, bu esa munosabatlarning yangi bosqichga ko‘tarilishi hamda strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Muzokaralar davomida O‘zbekiston va Afg‘oniston energetika kompaniyalari o‘rtasida to‘rtta yirik loyihani amalga oshirish bo‘yicha shartnomalar imzolandi. Jumladan, 500 kVli “Surxon-Puli-Xumri” elektr uzatish tarmog‘i 200,6 kilometr masofada qurilib, “Xo‘ja-Alvon” podstansiyasi kengaytiriladi. Shuningdek, “Arg‘anda” podstansiyasi 500/220 kVgacha kengaytirilib, quvvati 800 MVAgacha oshiriladi. Bundan tashqari, “Butxak” (Qobul) podstansiyasidan “Shayx Misri” (Nangarxar) podstansiyasigacha 125 kilometr uzunlikdagi 220 kVli yangi ikki zanjirli elektr uzatish tarmog‘i quriladi. Shu bilan birga, “Shayx Misri” (Nangarxar) 220 kVli podstansiyasi 2x25 MVA va 2x40 MVA quvvatda barpo etiladi.

Tomonlar ushbu loyihalarning qurilish ishlarini joriy yilning 6-7 sentyabr kunlari Qobul shahrida bo‘lib o‘tadigan Xalqaro energetika konferensiyasi doirasida boshlashga kelishib oldi.

Loyihalar 2027 yilning birinchi choragiga qadar amalga oshirilishi belgilangan bo‘lib, bu O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida elektr energetika sohasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, barcha jarayonlarni yuqori sifatda va o‘z vaqtida amalga oshirish, qurilish ishlarida mahalliy resurslardan maksimal darajada foydalanish muhim ahamiyatga egaligi ta’kidlandi. Energetika tarmoqlarini modernizatsiya qilish, hisob-kitob tizimlarini raqamlashtirish va malakali kadrlar tayyorlash sohalarida ham hamkorlik aloqalarini kengaytirish bo‘yicha fikr almashildi.

N.Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA

Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston-Afg‘oniston: energetika tarmog‘ini yaxshilash bo‘yicha to‘rtta yirik loyiha amalga oshiriladi