«O‘zbekdavlatsirk»: bir asrlik faoliyatining qisqa talqini
Hozirgi “O‘zbekdavlatsirk” davlat muassasasi ilk bor 1920 yilda Toshkent davlat sirki nomi bilan ish boshlagan. O‘sha davrlarda yarim professional sirk tashkil etilib, iqtidorlilar saralab olingan. Toshkent davlat sayyor sirk truppasi tuzilgach Karim Zaripov rahbar etib tayinlangan.
Oradan yillar o‘tib nihoyat o‘zbek sirk katta sahnasiga chavandozlar sulolasi – Zaripovlar oilasi chiqdi. Ushbu sulola vakillari o‘zbek sirk tarixini yorqin sahifalar bilan boyitib, uzoq yillar boy tajribalarini yosh avlodga, shogirdlariga o‘rgatib kelmoqda.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/CjqSHWz051M" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>Hozirgi kunda foydalanib kelinayotgan sirk binosi 1976 yilda foydalanishga topshirilib, «O‘zbeksirk» Respublika birlashmasi deya qayta nomlandi. Hozirgi kunda “O‘zbekdavlatsirk” davlat muassasasida akrobatika, gimnastika, ekvilibristika, masxarabozlik, janglyorlik, polvonlik, illiyuzionizm, ot o‘yinlari, dorbozlik, hayvon o‘rgatish kabi janrlarda murakkab tryuklar namoyish etib kelinmoqda.
Mustaqillik sharofati bilan o‘zbek sirki xalqaro sirk maydonlariga chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Hususan shu kunga qadar vakillarimiz Yevropa, Osiyo va Afrika qit’asining ko‘plab davlatlarida o‘z iste’dodlarini namoyish etib kelmoqda.