O‘zbek yozuvchisining kitobi Rossiyada chop etildi
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli adib Qo‘chqor Norqobilning «Ko‘zlaringni ko‘rmoq istayman» nomli kitobi Rossiyaning nufuzli nashriyotlaridan biri – «Chetыre» tomonidan besh ming nusxada chop etildi.
Qissa va hikoyalardan iborat ushbu kitob hozirgi kunda Rossiya Federatsiyasi kitob do‘konlarida sotilmoqda.
Kitob Oksana Kovalevskaya loyiha muallifligida chop etilgan. Nashr uchun taniqli noshir Olga Yakk mas’ullik qilgan.
Qo‘chqor Norqobil ijodini yuqori baholagan «Chetыre» nashriyoti muharriri Mariya Aleksandrova yozuvchining «Qorbobo» nomli hikoyasini tanlab olib, Fyodor Dostoyevskiy tavalludining 200 yilligi munosabati bilan chop etilayotgan to‘plamning ilk tomlariga kiritilganini ma’lum qilgan. Ushbu to‘plamning keyingi tomlariga yozuvchining «Hamyon» nomli hikoyasi ham kiritilishi rejalashtirilgan.