O‘zbek qizi xalqaro tanlov g‘olibi
Madinabonu Muhammadrizoyeva 14-20 dekabr kunlari Malayziyaning Kuala Lumpur shahrida bo‘lib o‘tgan "Miss International Translator” – “Xalqaro tarjimon xonim” xalqaro tanlovida ishtirok etib, Gran-priga sazovor bo‘ldi.
Mazkur tanlovda Italiya, AQSH, Angliya, Singapur, Hindiston, Birlashgan Arab Amirliklari, Malayziya kabi davlatlardan tarjimon ayol-qizlar o‘z ijod namunasi bilan ishtirok etdi.

Madinabonu Muhammadrizoyeva 2001 yil 13 may kuni Qashqadaryo viloyati Koson tumanida tug‘ilgan. 2023 yilda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan Zomin seminarining Respublika bosqichi sovrindori. Uning o‘zbek, rus, ingliz va arab tillarida yozgan maqolalari xalqaro tanlovlarda faxrli o‘rinlarni egallagan.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida o‘tkazilgan tadbirda Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid Madinabonu Muhammadrizoyevani ushbu yutug‘i bilan tabrikladi.
N.Usmonova,
O‘zA