O‘zbek hunarmandchilik namunalari Turkiyada namoyish etilmoqda
Shu kunlarda Turkiyaning Istanbul shahrida “Craft Istanbul 2026” xalqaro hunarmandchilik ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda mamlakatimizdan 13 nafar hunarmand o‘zining noyob va milliy hunarmandchilik namunalari bilan ishtirok etmoqda.

Ma’lumki, анъанавий hunarmandchilik, jumladan, xalqlarning tarixiy xotirasi, milliy qadriyatlari va avlodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan boy madaniy merosining muhim qismidir. O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash, milliy hunarmandchilikni asrash va rivojlantirish borasidagi hamkorlik yangi bosqichda davom etmoqda.

Respublika “Hunarmand” uyushmasi ma’lumotiga ko‘ra, hunarmandlarimizning ishtirokidan asosiy maqsad shuki, milliy hunarmandchilik an’analarini xalqaro maydonda keng targ‘ib qilish, mahalliy ustalarning ijodiy ishlarini xorijlik mehmonlarga namoyish etish hamda yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishdir.

Ko‘rgazma doirasida kulolchilik, kashtachilik, zargarlik, milliy to‘qimachilik va boshqa hunarmandchilik yo‘nalishlariga oid mahsulotlar namoyish etilmoqda. O‘zbekiston hunarmandlari milliy merosimiz va zamonaviy ijod uyg‘unligini dunyoga namoyon etmoqda.
Gulnoza Boboyeva,O‘zA