O‘zaro hamkorlik aloqalari kengaymoqda
“BMB HOLDING” kompaniyasining tijorat bo‘yicha mas’ullari Qozog‘istonning yirik shaharlarida savdo tarmoqlari vakillari hamda distribyutorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Qo‘shni davlatning “KZ EXPORT”, “Ali Market”, “Gra Mad” hamda “F-Market” kabi bir qator savdo uyushmalari vakillari bilan qo‘shilgan qiymatga ega qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hamda “BMB Za’faron” mahsulotlarini Qozog‘iston bozorlariga yetkazib berish yuzasidan o‘tkazilgan muzokaralarda hamkorlikni kengaytirish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.


Uchrashuvlarda “BMB HOLDING” kompaniyasi tomonidan Jizzax viloyatining Baxmal tumani dalalarida yetishtirilayotgan za’faron mahsulotlari mintaqada yuqori sifatli organik mahsulotlar ekani, xalqaro standartlarga to‘la javob berishi, iste’molchilar uchun mahsulotlarni barqaror yetkazib berish hamda logistika jarayonlarini samarali tashkil etish muhimligi ham alohida ta’kidlandi.

Ikki tomonlama manfaatli muzokaralardan so‘ng hamkorlik aloqalarini bosqichma bosqich yo‘lga qo‘yish, xususan, za’faronli mahsulotlarni Qozog‘istonning savdo tarmoqlariga yetkazib berishga kelishib olindi.
A.Qayumov, O‘zA muxbiri