Ozarbayjon, Armaniston va O‘zbekiston EKOSOSga saylandi
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasida Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash (EKOSOS)ga saylov bo‘lib o‘tdi. Sharqiy Yevropadan ikki o‘rin uchun uch davlat – Armaniston, Ozarbayjon, Bosniya va Gersegovina bahslashdi. Yakunda MDH bo‘yicha sheriklarimiz nomzodi ma’qullandi.
Bu davlatlarning har biri 148 tadan ovoz oldi. Bu haqda “Kazinform” agentligi xabar bergan. 185 mamlakat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan O‘zbekiston ham 2025 yil 1 yanvardan boshlab Osiyo-Tinch okeani guruhida bo‘shagan to‘rt o‘rindan birini egalladi. Respublikamiz tarixda ilk bor ushbu tuzilmaga saylandi.
Iqtisodiy va ijtimoiy kengash BMT tizimidagi tashkilotlarning iqtisodiy, ijtimoiy faoliyatini muvofiqlashtirish uchun mas’ul bo‘lgan asosiy organ. EKOSOS BMT doirasida barqaror rivojlanishning barcha uch yo‘nalishi – iqtisodiy va ijtimoiy sohalar, shuningdek atrof-muhitni rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarda muhim o‘rin tutadi.
54 a’zodan iborat Kengash har uch yilda bir tasdiqlanadi. Qaror oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Har bir a’zo bir ovozga ega.
Har yili Kengash o‘z ishini tashkil etish uchun bir necha qisqa sessiya o‘tkazadi. Yig‘ilishlarda ko‘pincha fuqarolik jamiyati vakillari ishtirok etadi.
EKOSOS iyul oyida Jeneva va Nyu-York o‘rtasida almashinadigan to‘rt haftalik muhim sessiyani o‘tkazadi.
G.Sattorova, O‘zA