O‘z kasbining fidoyilari e’tirof etildi
FOTOREPORTAJ
Mustaqillik bayrami shukuhi hukm surib turgan shu kunlarda Ichki ishlar vazirligi Tergov departamenti hamda Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi xodimlaridan bir guruhiga «Veteran» jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi tomonidan medal hamda ko‘krak nishonlari topshirildi.
Ichki ishlar organlarining jangovar tayyorgarligini oshirishdagi alohida xizmatlari, milliy manfaatlarimizni himoya qilish, qonun ustuvorligi va tinchlikni ta’minlash, barqarorlik va jamoat tartibini mustahkamlash borasidagi sharafli burchini bajarish chog‘ida mardlik, jasorat va fidoyilik ko‘rsatgani, sohada yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ko‘p yillik samarali mehnati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun o‘z kasbining fidoyilari e’tirof etildi.
[gallery-25161]
Podpolkovnik Gulzoda Po‘latova, Nafisa Do‘stmuhamedova, mayor Ulug‘bek Yoriyev, Abbos Shukurov, kapitan Mohidil Xoliqova, Ilhomjon Turg‘unov, leytenant Dilnoza Ubaydullayeva «Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun» medali hamda «Fidoyi vatanparvar» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
Medallarni «Vatan» jamoat fondi bo‘lim boshlig‘i Botir Sodiqov topshirdi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA