Otishmada gumonlangan shaxs AQSH hukumatini tanqid qildi
“New York Post” nashri yozishicha, Prezident Donald Tramp ishtirokidagi tadbir doirasida yuz bergan otishmada gumonlangan 31 yoshli Koul Allen internet orqali AQSHning Kiyevni qo‘llab-quvvatlashi kamayganidan norozilik bildirilgan ko‘plab xabarlar joylashtirgan, shuningdek Ukraina bo‘linmalari va talabalari uchun mablag‘ yig‘ish tadbirlariga havolalar tarqatgan.
U o‘z chiqishlarida Tramp ma’muriyati a’zolarini ham keskin tanqid qilgan. Amerikaning tashqi siyosat qarorlari, jumladan Eron bilan muvaqqat sulh bitimini salbiy baholab, “taslim bo‘lish” deya ta’riflagan.
S.Rahimov, O‘zA