Otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashuv
Yoshlar ittifoqi tomonidan «Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!» shiori ostida otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Toshkent viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, Chirchiq harbiy prokurori, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi raisi ishtirok etgan tadbirda harbiy texnikalar, qurol-aslaha ko‘rgazmasi, xizmat itlarining ko‘rgazmali chiqishlari, sportning kamondan otish turi bo‘yicha musobaqa, «Zakovat» intellektual o‘yini hamda «Rahbar va yoshlar uchrashuvi» tadbirlari tashkil etildi.



Yoshlar uchun motivatsion ma’ruzalar qilindi hamda ularning savollariga atroflicha javob berildi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA