“Otalar kuni” loyihasi o‘tkazildi
Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida Maktabgacha va maktab ta’limi hamda Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi hamkorligida “Otalar kuni” loyihasi o‘tkazildi.
Tadbir yoshlarga ta’lim-tarbiya berishda ota-onaning o‘rnini yanada mustahkamlashga qaratilgan.



Ishtirokchilar farzandlarining sinf xonalarida bo‘ldi va ta’lim olish jarayonlari, bo‘sh vaqtlarida tashkil etilayotgan tadbirlar bilan qiziqdi. Loyiha doirasida amaliy san’at ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ishtirokchilarga hamkorlarning esdalik sovg‘alari ham topshirildi.
Sh.Suyarov, O‘zA