Ota kasbi cho‘ponlikni tanlagan Qaldigul
“Taqdirimga shu kasb bitilgan bo‘lsa kerak, yoshligimdan qo‘y-qo‘zilar ortidan otamga hamrohlik qildim. Ob-havoning issig‘iga ham sovug‘iga ham chidab kelayapmiz. Sanoqli kunlardan keyin qo‘zilatish mavsumi boshlanadi. Uni ko‘ngildagidek yakunlab olsak, barcha qiyinchiliklar unutiladi. Bir nafar farzandim bor. Ismi Aqniyat. Nasib qilsa oliy o‘quv yurtlarida o‘qitib, oliy ma’lumotli qilaman. Har kuni yurtimizga, xalqimizga foydasi tegishini niyat qilaman”, deydi u
Qaldigul bu mavsumda ham tuyoq sonini oshirmoqchi. Otardan qaytar ekanmiz, yana bir bor ayollarimizning matonatiga, qiyinchiliklarga qaramay el-yurt rivoji yo‘lida mehnat qilayotganligiga tasanno aytib, xayrlashdik.
<iframe width="1074" height="604" src="https://www.youtube.com/embed/eEXFGaZ5cJo" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>Abduvali Bo‘riyev, Siroj Aslonov (surat), O‘zA