Ota aliment pulini oldindan to‘lab berdi
Majburiy ijro byurosining Farg‘ona tuman bo‘limi fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudiga asosan, aliment undirdi.
Unga ko‘ra, qarzdor G.Ndan voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun turmush o‘rtog‘i Z.N foydasiga qarzdorlik undirish belgilangandi.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari va tushuntirish ishlari natijasida, G.N farzandi voyaga yetguncha bo‘lgan 127 million so‘m aliment pulini to‘lab berdi.
Ma’lumot uchun, mazkur ish O‘zbekiston Respublikasi «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunining 41-moddasi 1-qismiga asosan tamomlangan.
Maftuna Karimova, O‘zA