Ostonaga 147 davlatdan kutubxonachilar keladi
Ostona global kutubxona faoliyati markaziga aylanadi. Qozog‘iston poytaxti Markaziy Osiyoda birinchi marta “WLIC 2025” kongressini o‘tkazadi. Bu haqda “Kazinform” yozgan.
Xalqaro kutubxonalar assotsiatsiyalari va institutlari federatsiyasi (IFLA) Ostona shahri 2025 yil Jahon kutubxona va axborot kongressi (WLIC) mezboni bo‘lishini e’lon qildi. Mazkur voqea mintaqaning xalqaro kutubxona maydonidagi ahamiyati ortib borayotganini ta’kidlaydi.
– Ostona ushbu nufuzli tadbir o‘tkaziladigan joy sifatida muvaffaqiyatli targ‘ib qilinishida “NK Kazakh Tourism” AJning alohida xizmati bor, – deyilgan xabarda. – Milliy kompaniya jamoasi arizani tayyorlash, texnik tashrif tashkil etish va boshqa masalalarni hal etishda faol qatnashdi. Kompaniyaning kutubxonachilikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgan faoliyati Qozog‘istonni muhim madaniy va ilmiy markaz sifatida namoyon qilishga ko‘maklashadi.
“WLIC 2025” dunyo kutubxonachilari va axborot sohasidagi mutaxassislar o‘zaro bilim, tajriba almashishi uchun noyob imkoniyat yaratadi.
M.Pirmatova, O‘zA