Osoyishtalik posbonlari “Zakovat”da bellashdi
Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Unda boshqarmaning sohaviy xizmatlari, tuman, shahar ichki ishlar bo‘limlari hamda Ichki ishlar vazirligi Surxondaryo akademik litseyidan tashkil topgan 18 ta jamoa o‘z bilim va zukkoligini namoyish etdi.


Qiziqarli bahslarga boy bo‘lgan o‘yinda faxrli birinchi o‘rinni Qumqo‘rg‘on tumani ichki ishlar bo‘limi, ikkinchi o‘rinni Ichki ishlar vazirligi Surxondaryo akademik litseyi jamoalari qo‘lga kiritdi. Uchinchi o‘rin Angor tumani ichki ishlar bo‘limiga nasib etdi.

G‘olib jamoalar viloyat ichki ishlar boshqarmasining diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Xolmo‘min Mamatrayimov,
O‘zA muxbiri