Osmon ostida motam: bortda hech kim omon qolmadi
Turkiya harbiy kuchlariga tegishli S-130 yuk samolyoti Gruziya chegarasida qulab tushdi. Natijada uchoq sahnidagi 20 nafar harbiy xizmatchi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Turkiya Mudofaa vazirligi ma’lum qilgan.
Ozarbayjondan havoga ko‘tarilib, yurtga qaytayotgan havo kemasi Gruziyaning Signagi hududida halokatga uchragan. Mahalliy telekanallarda samolyot oq tutun chiqarib, o‘rama shaklida pastga enayotgani aks etgan video lavha namoyish etildi.
Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an bu voqeani “chuqur qayg‘u bilan” qarshi olib, halok bo‘lganlarning oila a’zolariga ta’ziya bildirdi. Ozarbayjon yetakchisi Ilhom Aliyev ham hamdardlik yo‘llab, mazkur yo‘qotish “og‘a-ini xalqlar uchun og‘ir fojia” deb atadi.
Gruziya Ichki ishlar vazirligi hodisa yuzasidan tergov boshlanganini aytdi. Tomonlar birgalikda qidiruv-qutqaruv ishlarini olib bormoqda.
To‘rt dvigatelli, turbo rusumli harbiy samolyot - "C-130E Hercules"
asosan shaxsiy tarkib bilan uchish hamda yuk tashish amaliyotida keng qo‘llanadi.
Musulmon Ziyo, O‘zA