O‘smir va qizlar chim ustida musobaqalashmoqda
Farg‘ona viloyatida chim ustida xokkey bo‘yicha 16 yosh va undan kichik yoshdagi o‘smirlar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Musobaqada Samarqand, Xorazm, Buxoro, Sirdaryo, Andijon, Namangan hamda Farg‘ona viloyatlari jamoalari ishtirok etmoqda.


Dastlabki kun o‘yinlarida andijonlik o‘smirlar Xorazm jamoasini 8:1 hisobida mag‘lub qildi. Sirdaryolik xokkeychilar esa Namangan viloyatidagi tengdoshlari ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozondilar.

Musobaqa 5 oktyabrga qadar davom etadi.
Muhammadjon Obidov, O‘zA