Osiyo o‘yinlarida jang olib boradigan taekvondochilarimiz nomi ma’lum
Yozgi Osiyo o‘yinlarida Vatanimiz sharafini himoya qiladigan O‘zbekiston taekvondo WT terma jamoasining tarkibi tasdiqlandi.
Musobaqada O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 3 ta, erkaklar terma jamoasi 4 ta vazn toifasida sovrinli o‘rinlarga da’vogarlik qiladi.
Tasdiqlangan tarkibga ko‘ra, - 57 kilogrammda Madina Mirabzalova, - 67 kilogrammda Ozoda Sobirjonova, + 67 kilo og‘irlikda Svetlana Saidova bahslarda qatnashadi.

Erkaklar terma jamoasida esa - 58 kilogrammda Asadbek Samandarov, - 68 kilogrammda Najmiddin Qosimhojiyev, - 80 kilogrammda Jasurbek Jaysunov va +80 kilogramm vazn toifasida Marat Mavlonov Osiyo o‘yinlari medallari uchun kurash olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, taekvondo WT bahslari 1-3-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA