Osiyo chempionatining bugungi dasturida 7 nafar dzyudochimiz qatnashadi
Xitoyning Ordos shahrida dzyudo bo‘yicha davom etayotgan Osiyo chempionatining uchinchi kungi bellashuvlarida 7 nafar dzyudochimiz g‘oliblik yo‘lida tatamiga chiqadi.
Kecha qit’a chempionatining uchinchi kungi musobaqalarida terma jamoamizning 6 nafar a’zosi bahslarda ishtirok etib, 1 ta kumush va 1 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

-70 kilogramm og‘irlikda vatanimiz sharafini himoya qilgan Shirinjon Yo‘ldosheva, kumush, Xurshida Razzoqberdiyeva bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Bugun, 18-aprel yakkalik bellashuvlarining so‘nggi kunida og‘ir vaznli sportchilar, ya’ni erkaklar -90, -100, +100 kiloda, ayollar -78 va +78 kilogrammda bellashadi.
Kun davomidagi bahslarda terma jamoamiz a’zolaridan Nurbek Murtozoyev, Ernazar Sarsenbayev, Alisher Yusupov, Muzaffarbek To‘raboyev, Marjona Ko‘chimova, Barchinoy Qodirova, Umida Nig‘matova o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, ikki kunlik bellashuvlar sarhisobiga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta kumush, 2 ta bronza medaliga egalik qilgan holda 19 ta davlat orasida kuchli oltilikni band etib turibdi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA