Osiyo chempionatidagi muvaffaqiyat
Xitoyda yengil atletika bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 2 oltin, 1 kumush va 1 bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Xitoyda yengil atletika bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 2 oltin, 1 kumush va 1 bronza medalni qo‘lga kiritdi.Musobaqaning dastlabki kungi bahslarida tajribali sportchilarimizdan Svetlana Radzivil balandlikka sakrashda, Yekaterina Voronina yettikurash bo‘yicha shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan edi.
Osiyo chempionatining erkaklar o‘rtasidagi nayza uloqtirish musobaqalarida qatnashgan Bobur Shokirjonov 79,09 metr metr natija bilan kumush medalni qo‘lga kiritdi. 10 kilometr masofaga yugurish bahsida ishtirok etgan Andrey Petrov 30 daqiqa 20,68 soniya natija ko‘rsatib, uchinchi o‘rinni egalladi.