Osiyo chempionati yakunlandi
Toshkent viloyatidagi “Do‘stlik” stadionida regbi-15 bo‘yicha erkaklar o‘rtasida Osiyo chempionatining ikkinchi divizion bahslari yakunlandi.
Toshkent viloyatidagi “Do‘stlik” stadionida regbi-15 bo‘yicha erkaklar o‘rtasida Osiyo chempionatining ikkinchi divizion bahslari yakunlandi.O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, mamlakatimiz regbi federatsiyasi va Osiyo regbi uyushmasi (ARFU) hamkorligida tashkil etilgan musobaqada O‘zbekiston, Birlashgan Arab Amirliklari, Tailand va Guam terma jamoalari o‘zaro kuch sinashdi.
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar yosh avlodni har tomonlama sog‘lom va barkamol insonlar qilib voyaga yetkazish, ularning iste’dod va salohiyatini yuzaga chiqarish bilan birga mamlakatimizda qator sport turlari, jumladan, regbini rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Osiyo chempionatining ikkinchi divizion bahslari final uchrashuvi Birlashgan Arab Amirliklari va Tailand terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Mazkur o‘yinda Birlashgan Arab Amirliklari regbichilari raqiblarini 70:18 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.