Osiyo chempionati: 7 nafar vakilimiz yarim final yo‘llanmasi uchun ringga chiqadi
Indoneziya poytaxti Jakarta shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha ikki yosh toifasidagi Osiyo chempionati o‘zining qizg‘in pallasiga kirdi. Xususan, bugun Osiyo chempionatida U19 yosh toifasida chorak final janglari o‘tkaziladi.
Unda O‘zbekiston terma jamoasining yetti nafar iqtidorli bokschisi turli vazn toifalarida ringga ko‘tariladi. Ular Janubiy Koreya, Indoneziya, Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘iston va Singapur vakillariga qarshi bahs olib boradi. Quyida bugun ringga ko‘tariladigan charm qo‘lqop ustalarimiz bilan tanishasiz:
50 kg: O‘tkirbek Norqosimov — Junsu Choi (Janubiy Koreya);
55 kg: Elyor Rustamov — Pangeran Februzio (Indoneziya);
60 kg: Muhammadrizo Ukimov — Umar Orusbayev (Qirg‘iziston);
70 kg: Saidxo‘ja Sa’dillaxo‘jayev — Muhammad Mamadaliyev (Tojikiston);
75 kg: Suxrob Rahmatullayev — Hamza Maksatuli (Qozog‘iston);
80 kg: Abrorbek Sharipov — Benjamin Li (Singapur);
85 kg: Sardorbek Bahromxo‘jayev — Sunghun Lim (Janubiy Koreya).
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha chempionatning 23 yoshgacha bo‘lgan bokschilari o‘rtasida chorak final janglari o‘tkazilgan. Unda 8 nafar bokschimiz ringga ko‘tarildi va ularning barchasi yarim finalga chiqdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA