O‘quvchilar jadidchilikka oid bilimini sinovdan o‘tkazdi
FOTOREPORTAJ
Namanganda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jamiyat va davlatda munosib o‘rin egallashi uchun tegishli imkoniyatlar yaratish borasida jadidlarning fikrini tajriba maktabi sifatida o‘rganish hamda taraqqiyparvar jadidlar haqida yoshlar bilimini oshirish maqsadida “Jadidlar” musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqaning mazkur saralash bosqichida viloyat shahar va tumanlaridan tashrif buyurgan umumta’lim maktablari o‘quvchi-yoshlaridan iborat jamoalar o‘zaro bahslashdi.
Har bir jamoa tarkibi 10-18 yoshli 6 nafar o‘quvchidan iborat bo‘lib, ularga o‘zbek jadidchiligi vakillari – G‘ulom Zafariy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Ishoqxon To‘ra Ibrat, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Abdulhamid Cho‘lpon hayotidan savollar berildi.
[gallery-15897]
Bilimdonligini namoyish etib, yuqori natija qayd etgan jamoalar musobaqaning final bosqichiga yo‘llanma oldi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA