O‘quvchilar bilim va mahorat oshirmoqda
FOTOREPORTAJ
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabida “Hunarmandchilik va qo‘l mehnati”, “Texnik konstruktorlik va modellashtirish”, “Turizm va ekologiya”, “Jismoniy tarbiya va sport”, “Madaniyat va san’at”, “Oliy ta’lim va maktabga tayyorlash” hamda chet tillari yo‘nalishida 65 ta to‘garak faoliyat yuritmoqda. Ushbu to‘garaklarga jami 2097 nafar o‘quvchi qamrab olingan.
O‘tgan 2022 yil avgust oyida maktab jamoasi “Tashabbusli byudjet” loyihasida faol qatnashib, maktabning moddiy texnik bazasini mustahkamlash maqsadi uchun 500 million so‘m yutib olishga muyassar bo‘ldi.
Hozirgi kunda ushbu mablag‘ hisobidan maktab mashg‘ulot xonalari zamonaviy texnika va jihozlar bilan ta’minlanmoqda. Bundan tashqari, homiy tashkilotlar tomonidan to‘garaklarga yangi adabiyotlar, sport anjomlari, zarur uskunalar sovg‘a qilingan. Bunday qulay sharoit va imkoniyatlar dargoh tarbiyalanuvchilarining bilim va mahoratini yanada oshirish hamda nufuzli tanlov va festivallarda muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlash imkonini yaratmoqda.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA