O‘quvchi-yoshlar jadidlar merosidan qay darajada boxabar?
Umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida buyuk jadidlarimiz, adib va mutafakkirlarimizning boy adabiy-ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan “Jadidlar izidan” respublika tanlovining Surxondaryo viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda quyi bosqichlarda saralangan 30 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.
Ishtirokchilar mavzuga doir boshqotirma, savol-javob va bir asar tahlili shartlari bo‘yicha bilim va salohiyatini yana bir bor sinovdan o‘tkazdi. Qizg‘in va qiziqarli bahslar yakuniga ko‘ra, 6-, 7-, 8-sinflar o‘rtasida birinchi o‘rinni Qiziriq tumanidagi 9-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchisi Muborak Boboqulova qo‘lga kiritdi. 9-, 10-sinflar o‘rtasida ham g‘oliblikni Qiziriq tumanidan ayni shu maktabning yana bir vakili Sevara Usmonova egalladi.
[gallery-20397]
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA