O‘quvchi-yoshlar ham hasharda faol qatnashdi
“Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan Buxoro shahridagi 29-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Obod va ko‘rkam mahalla” shiori ostida umumxalq hashari o‘tkazildi.
Hashar doirasida o‘quvchi-yoshlar o‘z sinf xonalarini tartibga keltirib, gullar burchaklarini yangi gullar bilan to‘ldirdi. Maktab binosiga kirish yonlaridan joy olgan gullarni agrotexnik parvarishlash mutaxassislari bilan birga shakl berildi. Maktab ishchi-xodimlari va tashabbuskor yoshlar ishtirokida daraxt ko‘chatlarini o‘tqazildi.
Bu kabi xayrli tadbirlar o‘quvchilarda tabiatga nisbatan muhabbat uyg‘otish, ona Vatanga, xalqimizning an’analariga hurmat ruhida tarbiyalash va yuksak ma’naviyatli shaxs bo‘lib ulg‘ayishiga olib keladi.
[gallery-1546]
O‘zA fotomuxbiri
Tohir ISTATOV olgan suratlar.