O‘quv tajriba uchastkasida bog‘ yaratildi
Viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Buxoro davlat universitetining Buxoro tumani “Rabotiqalmoq” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi o‘quv-tajriba uchastkasida ko‘chat ekish tadbiri o‘tkazildi.
Mazkur o‘quv tajriba uchastkasining umumiy yer maydoni 10 gektardan iborat. Shundan, 2 gektarida urug‘lik paxta, 2 gektarida urug‘lik g‘alla, 2 gektarida dorivor o‘simliklar yetishtiriladi.
Universitet talabalarining dala o‘quv amaliyotlari bevosita mazkur uchastkada tashkil etiladi. Bu esa nazariya va amaliyotning bevosita uyg‘unligini ta’minlaydi. Loyiha doirasida tashkil etilayotgan kichik bog‘ ham ekilayotgan daraxtlar parvarishida universitet olimlari va talabalari uchun laboratoriya vazifasini o‘taydi.
[gallery-26702]
Tadbir doirasida 2700 tup mevali va manzarali ko‘chatlari o‘tqazildi.
Tadbirga viloyat hokimi B.Zaripov, viloyat prokurori U.Hamdamov ham qatnashdi.
Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari.