O‘qituvchilar sport maydonida kuch sinashdi
Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va pedagoglar o‘rtasida jismoniy faollikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Guliston shahridagi Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida “Sog‘lom tana – sifatli ta’lim” shiori ostida sport musobaqalari uyushtirildi.
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tashkil etilgan ushbu tadbirda Sirdaryo viloyat maktabgacha va maktab ta’limi tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan 500 nafarga yaqin o‘qituvchi ishtirok etdi. Ular shaxmat, shashka, stol tennisi, mini futbol va voleybol kabi sport turlari bo‘yicha musobaqalashdilar.





Umumjamoa hisobida Guliston tumani jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Sirdaryo viloyati kengashi kubogi, 30 million so‘m pul mukofoti hamda viloyat sport boshqarmasining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri