O‘q otish sporti: Xitoyda o‘tayotgan jahon kubogi bosqichida O‘zbekiston bayrog‘i yuksaldi
Xitoyning Xanchjou shahrida o‘q otish sporti bo‘yicha o‘tkazilayotgan jahon kubogi bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi sovrindorlar qatoridan joy oldi.
58 ga yaqin mamlakatning 680 nafardan ziyod merganlari o‘q otish va stentdan o‘q otish yo‘nalishlari bo‘yicha jahon kubogi bosqichida ishtirok etmoqda.
Jahon kubogi bosqichining 10 metrdan pnevmatik to‘pponchadan o‘q otish bahslarida vatanimiz sharafini himoya qilgan terma jamoamiz a’zosi Vladimir Svechnikov bronza medalini qo‘lga kiritdi.

O‘z navbatida, oltin medal xitoylik Shuahiang Buga nasib etgan bo‘lsa, kumush medalga Janubiy Koreya vakili Suheon Hong ega chiqdi.
15 ta medallar jamlanmasi uchun kechayotgan jahon kubogi bahslari 29-iyulga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA