Opera yulduzimizning yana bir yuksak e’tirofi
O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti, nainki Vatanimizning, balki xalqaro miqyosda taniqli opera ijrochisi Jenisbek Burkitovich Piyazov - Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov tomonidan Tatariston Respublikasi xalq artisti unvoni bilan taqdirlandi.
Aytish joizki, Jenisbekning betakror ovozi, o‘ziga xos ijod yo‘li millionlab muxlislar e’tirofiga munosib topilgan. Jenisbek Piyazov mamlaktimiz va nufuzli xorijiy tanlovlarda ko‘p bora yuksak mukofotlarni qo‘lga kiritgan.
Ushbu yuksak mukofot bilan Jenisbek Piyazovni samimiy muborakbod etib, ijodiy muvaffaqiyatlar tilaymiz!
N. Usmonova, O‘zA