"Omikron" hatto Oq uyga ham yetib keldi
Koronavirusning "omikron"-shtammi hatto Oq uyga ham yetib keldi, deb bayonot berdi AQSH prezidenti Jo Bayden millatga qilgan murojaatida.
"Omikron" juda oson yuqadi, shu bois to‘liq emlangan kishilarning ham virus yuqtirayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz", – dedi Bayden.
Uning ta’kidlashicha, “virus yuqtirish holati har bir tashkilotda, hatto, Oq uyda “omikron”ga qarshi emlangan xodimlarda ham kuzatilmoqda”.
Bundan avval prezident Jo Bayden 17 dekabr kuni koronavirus yuqtirgan Oq uy xodimi bilan muloqotda bo‘lgani haqida xabar tarqalgan edi. Shundan keyin Bayden test topshirgan va test javobi salbiy natijani ko‘rsatgan.
“AQSH prezidenti karantinga chiqishni rejalashtirmayapti”, deyiladi xabarda.