Oltinsoyda pilla topshirish boshlandi
Oltinsoy tumanidagi Mustaqillikning 10 yilligi mahallasida yashaydigan tajribali pillakor Omon Bo‘tayev xonadoni Surxondaryo viloyatida birinchi bo‘lib, bahorgi pilla hosilini terib oldi.
Qariyb 40 yillik tajribaga ega mohir pillakor 4 quti ipak qurtini parvarishlab, qabul punktiga 305 kilogramm sifatli xomashyo topshirdi.


Joriy yilda Oltinsoy tumanidagi 1 ming 250 xonadon va yettita pillaxonada 2 ming 517 quti ipak qurti parvarishlanib, 151 tonna hosil olish mo‘ljallanayotir.

Mutaxassislarning aytishicha, viloyatda shu yildan boshlab ipak qurtini V’etnam tajribasi asosida intensiv usulda plyonka ostida parvarishlash yo‘lga qo‘yilgan. Mavsumda 35 ming 547 quti ipak qurtini boqayotgan pillakorlar 2 ming 286 tonna sifatli xom ashyo terib olishni rejalashtirgan.
Xolmo‘min Mamatrayimov,
O‘zA muxbiri