“Oltin shaharcha” – bolajonlarni o‘ziga chorlaydi
Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanidagi “Bo‘ston” mahallasida yuz o‘ringa mo‘ljallangan “Oltin shaharcha” davlat-xususiy sherikchilik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘z faoliyatini boshladi.
“Sho`rchi golen city” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli muassasaning loyiha qiymati 3 mlrd. 700 million so‘mni tashkil qiladi.

Yangi qurilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida guruh va sanitariya-gigiyena xonalari, tibbiyot xonasi, musiqa zali, alohida oshxona, umumiy ovqatlanish zali, o‘yin maydonchalari, yozgi ayvonchalar barpo etilgan. Tashkilotda bolajonlar uchun barcha qulayliklar, shart-sharoitlar yaratilgan.


– Davlatimiz tomonidan yoshlar tarbiyasiga katta e’tibor berilayotganidan mamnunmiz, – deydi Salima Xidirova. – Mahallamiz bolalari zamonaviy, barcha zarur shart-sharoitlarga ega bo‘lgan ikki qavatli muassasada ta’lim-tarbiya oladigan bo‘ldi.

Zamonaviy jihozlangan ushbu maktabgacha ta’lim tashkilotida yaratilgan sharoitlardan keng foydalangan holda bolalarning yoshi, qiziqishi hamda qobiliyatidan kelib chiqib, sport, musiqa, til o‘rgatish, rasm to‘garaklariga jalb etiladi.
Nigina Shoyeva, jurnalist