Olmazor tumaniga hokimi tasdiqlandi
Poytaxtimizdagi Olmazor tumani hokimligida Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Olmazor tumani hokimi lavozimiga Umarxonov Azizxon Sharipxonovich nomzodini Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi sessiyasida tasdiqlash uchun tavsiya etdi.
A.Umarxonov 2020 yildan shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Deputatlar reglamentga muvofiq Olmazor tuman hokimi lavozimiga A.Sh.Umarxonovning nomzodini bir ovozdan ma’qulladilar.
[gallery-3262]
A’lo ABDULLAEV (surat), O‘zA